insurez
30-05-2025 15:44

Xotin-qizlar faollari uchun seminar o‘tkazildi


Xotin-qizlar faollari uchun seminar o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari oila va xotin- qizlar bo‘limi boshlig‘i Y.O‘roqova, FHDY bo‘limi boshlig‘i M.Saydullayeva, tuman "Oqila ayollar" harakati rahbari N.Nurmatova hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Seminar-yig‘ilish davomida malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, oilaviy ajrim, tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi murosasiz kurashish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etishni oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish yuzasidan fikr-mulohazalar almashilib, joylarda tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish yuzasidan xotin-qizlar faollariga muhim topshiriq va tavsiyalar berildi. 
 

Teglar
- -