Xorvatiyada O‘zbekiston bayrog‘i hilpiramoqda!
Xorvatiyada O‘zbekiston bayrog‘i hilpiramoqda!
🇺🇿Oqdaryo tumanining Uchtepa mahallasida istiqomat qiluvchi (hozirda Xorvatiya davlatida) bir guruh tumandoshlarimiz 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Xorvatiyada shahar ko‘chalari bo‘ylab Davlat Bayrog‘ini olib o‘tishdi.
🇺🇿Ushbu harakat tumandoshlarimizning qalbidagi vatanparvarlik, davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat-e’tibor tuyg‘ularining yorqin namoyondasidir.
🇺🇿Baland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha eʼzozlaylik va boshimiz uzra baland ko‘taraylik!