insurez
03-06-2025 16:16

Xitoylik hamkorlar bilan manfaatli kelishuvlarga erishilmoqda


Xitoylik hamkorlar bilan manfaatli kelishuvlarga erishilmoqda

Bugun Oqdaryo tumani hokimi o‘rinbosari B.Jo‘rayev Xitoy Xalq Respublikasining Shenshi provinsiyasi Sian shahridan tashrif buyurgan Shenshi Moni Vinni LLC janob Yao va  tumandagi “Ulug Siymo Group” MCHJ rahbari J.Juramurotov bilan  uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida  salfetka va gigiyenik vositalar ishlab chiqarish loyihasini muhokama qilishdi. Ikki tomonlama manfaatli loyiha muhokamasi yakunida hamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, Gansu provinsiyasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar bilan ham manfaatli loyihalarni amalga oshirish borasida fikr-mulohazalar almashildi.

Teglar
- -