insurez
30-05-2025 15:40

Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq oʻn ikkinchi sessiyasi o‘tkazildi


Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq oʻn ikkinchi sessiyasi o‘tkazildi

Unda Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining deputatlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etilib, tegishli qaror loyihalari qabul qilindi. 
Shuningdek, O‘zbekiston XDP Samarqand viloyati Kengashi raisining tegishli farmoyishiga asosan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Oqdaryo tumani Kengashi raisi lavozimiga tayinlangan Xamrayev Xurshid Ergashovich deputatlarga tanishtirildi. 

Sessiya ishi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Oqdaryo tuman hokimligining rasmiy sahifasida quyidagi 👇👇👇👇👇
https://www.facebook.com/oqdaryo.uz/videos/1904865540347772/?__ havola orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -