insurez
17-06-2025 10:33

VOLEYBOL MUSOBAQASIDA OQDARYO TUMANI JAMOASI G‘OLIB BO‘LDI


VOLEYBOL MUSOBAQASIDA OQDARYO TUMANI JAMOASI G‘OLIB BO‘LDI

Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan tuman (shahar) terma jamoalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha "Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi uchun" sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Toyloq tumanida o‘tkazilgan musobaqa yakuniga ko‘ra o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida: 

I-o‘rinni Oqdaryo tumani jamoasi egallab, musobaqaning respublika final bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi. 

II-o‘rinni Urgut tumani jamoasi; 

III-o‘rinni Samarqand shahar jamoasi egalladi. 

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Samarqand viloyati mintaqaviy bo‘limi tomonidan I-, II-, III-darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari taqdirlandilar.

Teglar
- -