Umidjonning orzulari ushaladigan bo‘ldi
Umidjonning orzulari ushaladigan bo‘ldi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov tegishli mas’ullar ishtirokida Istiqlol mahallasida o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida tuman rahbari mazkur mahallaning Yuqoriovul qishlog‘ida sharoiti og‘ir bo‘lgan oila ona-bola Orzigul Ergasheva va farzandi Umidjon O‘roqovlarning xonadoni, yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Mazkur xonadonni ta’mirlab bo‘lmas darajada eskiligini hisobga olib, joriy yilda homiylar ko‘magida ularga yangi uy qurib berish, turmush tarzini yaxshilash, 19 yoshni qarshilayotgan Umidjonni esa qiziqishiga qarab horijiy til hamda kasb-hunarga o‘qitish va bandligi ta’minlash borasida chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, mahalla yettiligiga ushbu oila bilan yo‘nalishlari kesimida doimiy ravishda ish olib borish yuzasidan muhim topshiriq va tavsiyalar berildi.