insurez
05-06-2025 18:51

ULUGʻ AYYOM SHUKUHI QALBLARIMIZNI VA XONADONLARIMIZNI MUNAVVAR AYLASIN!


ULUGʻ AYYOM SHUKUHI QALBLARIMIZNI VA XONADONLARIMIZNI MUNAVVAR AYLASIN!

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar, aziz oqdaryoliklar! 
Qalbimizga shodlik, ko‘zimizga nur, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi  Qurbon hayiti ayyomi muborak bo‘lsin!
Ushbu ulug‘ ayyom arafasida o‘zligimizga, milliyligimizga xos bo‘lgan o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat tuyg‘ulari namoyon bo‘lib, barcha oilalarda xursandchilik, shukronalik tuyg‘ulari bardavom bo‘lsin. 
Bayramning ulug‘vor soatlarida Yaratgandan tilagimiz bisyor: jonajon yurtimizga doimiy tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, dasturxonlarimizga to‘kinlik bersin.
Yana bir bor muqaddas ayyom –Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Sherzod Qudratov,
Oqdaryo tumani hokimi

Teglar
- -