TUMAN HOKIMINING TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILMOQDA
TUMAN HOKIMINING TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILMOQDA
⚡️Haftaning chorshanba kuni Oqdaryo tuman hokimining tadbirkorlar qabuli kuni sifatida belgilanib, bu kunda tadbirkorlarga doir masalalar bilan tizimli ishlashga alohida e’tibor qaratiladi.
⚡️ Shu munosabat bilan bugun Oqdaryo tuman hokimligida tadbirkorlarga doir masalalar bilan tizimli ishlash maqsadida tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun tuman hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
⚡️Qabulda Oqdaryo tuman hokimining o‘rinbosari Baxodir Jo‘rayev tomonidan tegishli mas’ullar ishtirokida tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalardagi murojaatlari eshitilib, o‘rganib ijrosini ta’minlash borasida tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.