Tuman hokimining qabuli o‘tkazilmoqda
Tuman hokimining qabuli o‘tkazilmoqda
Oqdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
Unda murojaat va takliflar Xalq qabulxonasi mudiri T.Murtazayev hamda hokim o‘rinbosari Y.O‘roqova tomonidan qabul qilinmoqda.
Qabul davomida aholidan asosan bozor hududida sharoitlarni yaxshilash, yo‘l belgilarni o‘rnatish, elektr energiyasi, moddiy yordam, soliq, yo‘l va elektr ta’minoti kabi masalalardagi murojaatlar bildirilmoqda.
Har bir murojaat shu joyning o‘zida soha mas’ullari va murojaatchi tomon ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olinmoqda.