TUMAN HOKIMINING TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILMOQDA
TUMAN HOKIMINING TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILMOQDA
⚡️Haftaning chorshanba kuni Oqdaryo tuman hokimining tadbirkorlar qabuli kuni sifatida belgilanib, bu kunda tadbirkorlarga doir masalalar bilan tizimli ishlashga alohida e’tibor qaratiladi.
⚡️ Shu munosabat bilan ayni paytda Oqdaryo tuman hokimligida tadbirkorlarga doir masalalar bilan tizimli ishlash maqsadida tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun tuman hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
⚡️Qabulda Oqdaryo tuman hokimining o‘rinbosarlari Elyor Ashurov va Baxodir Jo‘rayevlar tomonidan tegishli mas’ullar ishtirokida tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalardagi murojaatlari eshitilib, o‘rganib ijrosini ta’minlash borasida tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilmoqda.