insurez
19-12-2024 09:27

Tuman hokimi MTTlarda issiqlik holatini o‘rganmoqda


Tuman hokimi MTTlarda issiqlik holatini o‘rganmoqda

Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov bugungi ish faoliyatini erta tongdan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari holatini o‘rganishdan boshladi. Jumladan, Go‘zalkent mahallasida joylashgan 28-DMTT hamda 33-umumta’lim maktabi ko‘zdan kechirilib, muassasalar hududini obodonlashtirilishi, qor va muzlamalardan tozalanishi, issiqlik tizimini ishlashi va xonalar harorati o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Maktab va bog‘chalarni o‘rganish ishlari davom etmoqda.

 

Teglar
- -