insurez
24-12-2024 12:14

⚡️Tugallanayotgan yil sarhisob qilindi


⚡️Tugallanayotgan yil sarhisob qilindi

Yil yakuni bilan Oqdaryo tumanidagi mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar faollarining faoliyati sarhisob qilindi.

Unda soha mas’ullarining oldiga qo‘yilgan vazifalar hamda ularning ijrosi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar o‘qib eshittirildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusida faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Shuningdek, 2025-yilda xotin-qizlar faollari oldiga qo‘yilayotgan vazifalar, xususan, erta nikoh, oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunar hamda ta’limga yo‘naltirish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash borasidagi vazifalar hamda kutilayotgan natijalar xususida so‘z yuritildi.

Yakunda, yil davomida faol mehnat qilgan bir guruh faollarga, Oqila ayollar harakati a’zolariga tashakkuronoma topshirildi.

Teglar
- -