04-05-2025 10:30
"Tortuvli" qabristoni obodonlashtirilmoqda
"Tortuvli" qabristoni obodonlashtirilmoqda
Xabaringiz bor, tumanimizda 2 kunlik qabristonlarni obodonlashtirish tadbiri o‘tkazilmoqda. Shunga ko‘ra, bugun erta tongdan Oqdaryo mahallasining Tortuvli qishlog‘i ahli "Tortuvli" qabristonida jam bo‘lishib, qabriston hududini hashar yo‘li bilan obodonlashtirishmoqda. Bu kabi xayrli hashar ishlari mahalla ahlini birdamligi va o‘tgan ajdodlariga bo‘lgan hurmat-e’tiborning yorqin ifodasidir.