insurez
18-06-2025 18:53

Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi


Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Yulduz O‘roqova tuman Tibbiyot birlashmasi bo‘limlari holati va bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat yuzasidan o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida hokim o‘rinbosari davolanayotgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, tibbiy xizmat sifati bo‘yicha fikrlarini tingladi.
Bemorlarga shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, tezkor, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va eng muhimi xushmuomila bo‘lish haqida shifokorlarga hamda birlashma mutasaddilariga tavsiyalar berildi.

Teglar
- -