Tadbirkor murojaati ijobiy hal etilmoqda
Tadbirkor murojaati ijobiy hal etilmoqda
Oqdaryo tumanining Taraqqiyot mahallasidagi “Alkan Finans end Investments” MCHJ O‘zbekiston-Qozog‘iston-Turkiya-Xitoy xorijiy qo‘shma korxonasi rahbarining korxonaga kirish yo‘lidagi 1,2 kilometr ichki yo‘lning nosoz holatga kelganligi yuzasidan Oqdaryo tuman hokimiga qilgan murojaati mas’ul tashkilot rahbarlari bilan joyida o‘rganilib, ushbu 1,2 km masofadagi yo‘l tez kunlarda betonlashtirilishiga kelishib olingan edi. Bugungi kunda muammoni bartaraf etish uchun amaliy ishlar boshlangan.
Bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari B.Jo‘rayev tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan mazkur hududda olib borilayotgan yo‘l ta’miri ishlari bilan yaqindan tanishib, mas’ullarga muhim tavsiyalar berdi.