insurez
30-01-2025 14:28

SPORTCHILARIMIZ CHEMPIONATDA FAXRLI O'RINLARNI QO'LGA KIRITDI


SPORTCHILARIMIZ CHEMPIONATDA FAXRLI O'RINLARNI QO'LGA KIRITDI

Joriy yil 28-30-yanvar kunlari Toshkent shahrida sportning "Yengil atletika" turi boʻyicha U-23 "O'zbekiston chempionati" musobaqasi oʻtkazildi. Ushbu musobaqada Samarqand viloyati terma jamoasi sifatida Oqdaryo tumani Sport maktabi sportchilari ham qatnashishdi. 
Mazkur musobaqada tumanimiz sportchilari faxrli o'rinlarni egallashdi.
1. Bobomurodov Namozbek 800 metr masofaga yugurish boʻyicha faxrli 2-oʻrin
2. Aktamov Uchqun 3 km t/o yoʻnalishida faxrli 3-oʻrin 
3.  Abubakirova Farangiz "400x4 estafeta" yo'nalishida faxrli 3-oʻrin 
4. Omonova Sabrina "400x4 estafeta" yo'nalishida faxrli 3-oʻrinlarni egallashdi.

Ushbu sportchilarga kelgusida ham omadlar tilaymiz!
 

Teglar
- -