Sektor rahbarlarining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tmoqda
#hozir
Sektor rahbarlarining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tmoqda
Ayni paytda 14-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Oqdaryo tuman sektor rahbarlarining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli o‘tkazilmoqda.
Sayyor qabulda tumandagi fuqarolar, jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, faoliyatida yuzaga kelayotgan to‘siq va qiyinchiliklar hamda boshqa turli masalalar yuzasidan o‘zlarining murojaat va takliflarini bildirishmoqda.
Murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, ijrosini ta’minlash uchun tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga biriktirilmoqda.