Rasmiy munosabat: Tadbirkor issiqxonadan samarali foydalanish bo‘yicha ogohlantirildi
Rasmiy munosabat: Tadbirkor issiqxonadan samarali foydalanish bo‘yicha ogohlantirildi
Joriy yilning 12-mart kuni YouTube telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “ANTIKORRUPSIYA” kanalida yoritilgan videolavhada Oqdaryo tumani “Chorbog‘” mahallasi hududida 2010-yilda issiqxonalar uchun ajratilgan 10 gektar yer maydoniga hech qanday ekin ekilmasdan tashlandiq holatda yotgani tanqid qilindi.
Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Oqdaryo tumani Chorbog‘ mahallasi hududida joyiashgan “Agro Bravo chorvasi” fermer xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan va bugungi kunda foydalanilmasdan turgan issiqxona 2023-yil qish faslida yuzaga kelgan anomal sovuq natijasida yaroqsiz holatga kelgan va samarasiz issiqxonaga aylangan. Holat yuzasidan Oqdaryo tuman hokimligi Qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari hamda kadastr agentligi tomonidan o‘rganish olib borilib, korxona rahbariga yerdan samarali foydalanish bo‘yicha ogohlantirish xati berildi. Hozirda mazkur issiqxonani faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha “Agro Bravo chorvasi” fermer xo‘jaligi tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati