insurez
08-04-2025 17:23

Rasmiy munosabat: Bemor holidan xabar olindi


Rasmiy munosabat: Bemor holidan xabar olindi

Joriy yilning 7-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Oqdaryo tumani Oytamg‘ali mahallasida yashovchi fuqaro Solixon Axmedovning yo‘l transport hodisasi natijasida og‘ir tanjarohati olib, shifoxonada yotganligi, davolanishi va dori-darmonlari uchun yordam ko‘rsatilishi va bu masala hokimlik tomonidan e’tiborga olinishi borasida murojaat yoritildi. Mazkur murojaat Oqdaryo tuman hokimligi tomonidan e’tiborga olinib,tuman hokimi o‘rinbosari Charos Ortiqova va tegishli mas’ullar ishtirokida tuman tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limida davolanayotgan fuqaro S.Axmedov holidan xabar olindi. O‘rganish davomida bemor va uning qarindoshlari bilan suhbatlashilib, tegishli tartibda yordam ko‘rsatilishi, yo‘llanma berilib, jarrohlik amaliyoti xarajatlari sug‘urta asosida qoplanishi tushuntirildi. Shuningdek, bemorga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi borasida shifokorlarga topshiriqlar berilib, davolanishi uchun homiylik asosida qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatish choralari belgilab olindi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -