insurez
05-06-2025 18:49

QURBON HAYITI BAYRAMINI KO‘NGILDAGIDEK O‘TKAZISH YUZASIDAN VAZIFALAR BELGILAB OLINDI


QURBON HAYITI BAYRAMINI KO‘NGILDAGIDEK O‘TKAZISH YUZASIDAN VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

⚡️Yurtboshimizning 2025-yil 30-maydagi "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorida Qurbon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlarga uyg‘un holda o‘tkazish belgilandi.

🔹Shunga ko‘ra, muborak Qurbon hayiti bayramini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Oqdaryo tumanidagi barcha mas’ullardan iborat saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.

♻️Unda tuman hokimi Sh.Qudratov va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan masjidlardagi o‘t o‘chirish jihozlari, evakuatsiya rejasi, namozxonlar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklar, ularning xavfsizligini ta’minlash, namoz o‘qish joylarining tozaligi, jihozlanishi, sanitariya talablariga mosligi kabi masalalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

✅Bu bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, aniq vazifalar belgilandi.
 

Teglar
- -