insurez
19-12-2024 12:29

Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi


Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi

Bugun Oqdaryo tumani hokimligida viloyat hokimi o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Ergashev, tuman hokimi Sh.Qudratov hamda Qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi "Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" PQ-431-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda fermerlarga qaror mazmun-mohiyati tushuntirilib, 2025-yilda qishloq xo‘jaligida paxta va g‘alladan yuqori hosil olishga erishish uchun muhim tavsiyalar berildi.
 

Teglar
- -