insurez
03-05-2025 10:33

Qabristonlarni obodonlashtirish tadbiri olib borilmoqda


Qabristonlarni obodonlashtirish tadbiri olib borilmoqda 

"9 may - Xotira va qadrlash kuni"ga ham sanoqli kunlar qoldi. Shu munosabat bilan tuman hokimligi tashabbusi bilan 2 kunlik, qabristonlarni obodonlashtirish tadbiri, hashar e’lon qilindi. Shunga ko‘ra bugun tumanimizning barcha mahallalaridagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, tadbir doirasida tumanning Oqdaryo mahallasidagi “Ko‘ktosh ota”, Kumushkent mahallasidagi “Xolmergan” hamda Taraqqiyot mahallasidagi “Qurbonobod”, Oytamg‘ali mahallasidagi “Oq ota bobo” qabristonlarida keng jamoatchilik ishtirokida uyushqoqlik bilan hashar ishlari olib borilmoqda. 
 

Teglar
- -