Pilla terimi qizg‘in pallada...
Pilla terimi qizg‘in pallada...
Oqdaryo tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Y.Oʻroqova Pichoqchi mahallasi hududida joylashgan “Mirzo” fermer xo‘jaligida qizg‘in davom etayotgan pilla terimi jarayoni bilan tanishdi. Xo‘jalik aʼzosi Qobilova Gulbahor bu yil 3,2 gramm ipak qurtini parvarishladi. Ayni paytda terim ishlari jadal davom etmoqda.
Pillachilik — oʻz vaqtda yaxshi daromad keltiradigan, bir necha bosqichli, samarali soha hisoblanadi. Qisqa vaqt ichida yaxshi hosil olinib, uni topshirish orqali fermerlar ham, yordamchi ishchilar ham munosib daromad topishadi.
Qobilova Gulbahorning aytishicha, mahallaning 3 nafar ayollari mavsumiy ish bilan taʼminlangan.