insurez
12-06-2025 17:40

PICHOQCHI MAHALLASIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA


PICHOQCHI MAHALLASIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

Ayni kunlarda Oqdaryo tumanining Pichoqchi mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, birgina Karki qishlog‘ida hudud aholisining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yaroqsiz simyog‘ochlar o‘rniga mahallaning 10 foizlik soliq tushumlari hisobidan 23 dona, tadbirkorlar homiyligida 23 dona, jami 46 dona beton ustunlar o‘rnatilmoqda. Shuningdek, mahalla tadbirkorlari homiyligi bilan 2 dona transformator punktlari ham o‘rnatilmoqda. Ushbu rekonstruksiya ishlari natijasida elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlar va Karki qishlog‘ida aholi xonadonlarini elektr ta’minoti yanada yaxshilanishga erishiladi.
Ayni paytda mahalla hududida amaliy ishlar olib borilmoqda.✅

 

Teglar
- -