Paxtaobod mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
Paxtaobod mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli Paxtaobod mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari Y.O‘roqova, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i D.Mamadiyarova hamda tuman tashkilot rahbarlari va murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida muhokama etilib, ijobiy hal etish uchun mas’ullarga biriktirildi. Muddat talab etiluvchi muammolarni o‘rganib, qonuniy yechim topish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va idoralariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.