Paxta-g‘alla, bog‘dorchilik va sabzavotchilikda kimyoviy pereparatlar qo‘llanishi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Paxta-g‘alla, bog‘dorchilik va sabzavotchilikda kimyoviy pereparatlar qo‘llanishi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tumanida O‘simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqaruvchi UPL kompaniyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ilmiy asoslangan himoya qilish va sifatli agrokimyo vositalarini samarali qo‘llash va sifatli agrokimyo vositalarini samarali qo‘llash tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi.
UPL kompaniyasining vakili Zarif Po‘latov, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Gʻofforov, tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Rustam Husanov, tuman O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bo‘limi, fermerlar, g‘alla, paxta, meva, uzum, sabzavot va issiqxona xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etgan mazkur seminar davomida qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik va zararkunandalardan kimyoviy vositalar yordamida himoya qilish borasida muhim ma’lumot va tavsiyalar berildi.