O‘zbekiston mahallasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston mahallasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Y.O‘roqova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bosh mutaxassisi A.Nasimov, tuman targ‘ibot guruhi rahbari D.Adilova va tuman bosh otinoyisi Sh.Hakimovalar O‘zbekiston mahallasida xotin-qizlar, oqila ayollar harakati a’zolari hamda nuroniy onaxonlar bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish", “Radikallashuv yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishni oldini olish”, "Milliy libos maʼnaviyat koʻzgusi” mavzularida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdi. Tadbir davomida noqonuniy hujralarda diniy ta’lim olish va uning salbiy oqibatlari, kiyinish madaniyati, erta nikohni oldini olish, qizlar tarbiyasi, ko‘cha va xonadonlarni obodonlashtirish hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi haqida so‘z yuritilib, tadbir ishtirokchilari bilan fikr-mulohazalar almashildi.