Oqdaryoda yangi qo‘shma loyiha amalga oshiriladi
Oqdaryoda yangi qo‘shma loyiha amalga oshiriladi
🇺🇿🇨🇳Ayni paytda Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Shenshi provinsiyasi Sian shahrida joylashgan gul qog‘oz ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "Saint Baroque" korxonasi faoliyati bilan tanishmoqda. Uchrashuv davomida "Saint Baroque" korxonasi va tumanimizdan mahalliy hamkor "Ulug‘ Siymo Group" korxonasi o‘rtasida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi.