Oqdaryoda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi
Oqdaryoda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi
Tuman hokimligida tashkil etilgan bayram tadbirida dastlab, Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov tadbir ishtirokchilarini, tinchlik va osoyishtalik posbonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy qutladi.
Tadbir davomida sohadagi namunali xizmati uchun bir guruh harbiylar, soha xodimlari tuman hokimligining faxriy yorlig‘i, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
Bayram tadbirida 14-son Bolalar musiqa va san’at maktabining o‘quvchilari, murabbiylari, shuningdek, tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlarining chiqishlari, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki va bayramona kayfiyat ulashdi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati