🥹Oqdaryoda “Kunduzgi parvarish” xizmatini tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati oʻrganildi.
🥹Oqdaryoda “Kunduzgi parvarish” xizmatini tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati oʻrganildi.
👫 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi v.v.b Sardor Luqmonov hamda Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov dastlab tumanda tashkil etilayotgan "Kunduzgi parvarish xizmati" bilan yaqindan tanishishdi.
✅ Yangi tashkil etilayotgan "Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati" bo‘yicha kambag‘al oilalar reyestri, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga xizmat koʻrsatish jarayonlari toʻgʻrisida rahbarlar oʻz taklif va mulohazalarini bildirib oʻtdi.
😮 Shuningdek, Oqdaryo tumani tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish boʻlimi faoliyati bilan tanishildi, soʻng tuman tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan birlamchi koʻmak xonasida yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganib, mas'ullarga taklif tavsiyalar berildi.
🖋 Tadbirkorlarga “Kunduzgi parvarish” xizmatiga jalb qilinayotgan bolalar uchun yaratilishi lozim boʻlgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida ma’lumotlar berilib, ular tomonidan “Kunduzgi parvarish xizmati”ni tashkil qilish yuzasidan bildirilgan taklif va fikrlari tinglandi.