insurez
16-06-2025 08:53

✅OQDARYODA G‘ALLA O‘RIMI BOSHLANDI


✅OQDARYODA G‘ALLA O‘RIMI BOSHLANDI

🌾Oqdaryo tumanida joriy yilgi g‘alla o‘rimi mavsumi boshlanmoqda. Shu munosabat bilan bugun tuman rahbarlari, soha mas’ullari, MMTP raislari “Oqdaryo don qabul qilish maskani”da jam bo‘lishdi. Bu yerda jonliq so‘yilib, qurʼon tilovat qilindi. To‘planganlar g‘alla xirmoniga baraka tilab duoga qo‘l ochdilar.

✅Tuman hokimi Sherzod Qudratov otryad rahbari hamda aʼzolarining asosiy vazifalari haqida so‘z yuritib, qisqa muddatda belgilangan hosilni yig‘ib olish uchun bor kuch-imkoniyatlardan foydalanish zarurligini taʼkidladi.

✅Tadbirdan so‘ng, fermer xo‘jaliklari dalalarida g‘alla o‘rim ishlari boshlandi.

☝️Ma’lumot uchun: 2025-yil hosili uchun Oqdaryo tumanidagi 19 ta MMTP hududida 326 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 9 310 gektar yerda g‘alla yetishtirildi. Gʻalla rejasi 29,8 ming tonna bo‘lib, o‘rim mavsumiga 32 ta kombayn jalb etilgan.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -