🏆 Oqdaryoda futbol va mini futbol bo'yicha “DXX kubogi” musobaqasining final bosqichi o‘z yakuniga yetdi
🏆 Oqdaryoda futbol va mini futbol bo'yicha “DXX kubogi” musobaqasining final bosqichi o‘z yakuniga yetdi
⚽️ Oqdaryo tumanida "DXX kubogi" mini futbol va futbol bo‘yicha musobaqalarining final bosqichi katta qiziqish bilan o‘tkazildi. Musobaqaning tantanali final bosqichida tuman hokimi Sh.Qudratov, DXX tuman bo‘limi rahbari I.Qurbonov tuman prokurori N.Soyipova, IIB boshlig‘i o‘rinbosari A.To‘rayev va tuman Soliq inspeksiyasi rahbari M.Ruzimamatovlar ishtirok etishdi.
✅ Ushbu bosqichning yakuniy natijalariga ko‘ra:
Futbol bo‘yicha:
🥇-o‘rin «Uzunqishloq» MFY;
🥈-o‘rin «O‘zbekiston» MFY;
🥉-o‘rin «Chorbog‘» MFY jamoalariga nasib etdi.
Mini-futbol o‘g‘il bolalar bo‘yicha:
🥇-o‘rin «Primkent» MFY;
🥈-o‘rin «Arpaariq» MFY;
🥉-o‘rin «Bozorjoy» MFY jamoalariga nasib etdi.
Mini-futbol qiz bolalar bo‘yicha:
🥇-o‘rin «Uchtepa» MFY;
🥈-o‘rin «O‘zbekiston» MFY;
🥉-o‘rin «Go‘zalkent» MFY jamoalariga nasib etdi.
🎁 Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarga musobaqa kubogi va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.