insurez
29-01-2025 17:26

Oqdaryo tumanida Prezident qarori ijrosi amalda...


Oqdaryo tumanida Prezident qarori ijrosi amalda...

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Maxkamova boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari tomonidan viloyat va tumandagi mas’ul mutasaddilar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Jumladan, tumandagi Po‘latdarxon mahallasida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha oila-turmush munosabatlari doirasida hamda xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. 
“Mahalla yettiligi” hamda ko‘maklashuvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

Teglar
- -