✅OQDARYO TUMANI PILLAKORLARI PILLA REJASINI ORTIGʻI BILAN BAJARISHDI
#Xush_xabar
✅OQDARYO TUMANI PILLAKORLARI PILLA REJASINI ORTIGʻI BILAN BAJARISHDI
Bugun Oqdaryo tumani pillakorlari zafar marrasiga yetib keldilar. Tumanimiz pillakorlari 2025-yilda 6134 quti ipak qurti boqib, 368 tonna pilla rejasini 370,6 tonnadan ziyod “Kumush tola” tayyorlab, rejani 100,7 foizga sharaf bilan uddaladilar.
Shu munosabat bilan Oqdaryo tuman hokimligi ushbu ulkan xirmonni bunyod etishda xizmat qilgan barcha pillakorlarimizni muborakbod etib, pilla xirmoniga qo‘shgan munosib hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.