Oqdaryo tuman O’zbekiston MFY da "Uch avlod uchrashuvi
Oqdaryo tuman O’zbekiston MFY da "Uch avlod uchrashuvi" o’tkazildi.
"Uch avlod uchrashuvi" doirasida Oqdaryo tuman O’zbekiston MFY 26-umum ta’lim maktabida tadbir o’tkazildi. Tadbirda kambag’allikdan farovonlik sari, muammoli yoshlar, muammoli oilalar hamda jaxolatga qarshi mavzular tinglandi va muhokama qilindi.
Tadbirda yoshlar o’rtasida konsert dasturlari, she’rxonlik va badiiy sahna ko’rinishlari namoish etilib faol ishtirokchi yoshlarimizga badiiy kitoblar to’plami sovg’a tariqasida berildi. Tadbirda Nuroniylar jamg’armasi tuman bo’limi raisi X. Qarshiyev mahalla yettiligi, mahalla keksalar guruh raisi, mahalla faollari va mahalla yoshlari ishtirok etishdi.