📌 Olis hududlar aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
📌 Olis hududlar aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
Tumanimizning markazdan olis hududlarida istiqomat qiluvchi aholisi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida tizimli ishlar davom etyapti.
Xususan, ayni paytda tumanimizning Olchintepa mahallalasida fuqarolarimiz Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasining malakali tor soha mutaxassislari tomonidan belgilangan Reja-grafikka asosan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Birinchi navbatda xotin-qizlar va yoshlarga tor soha mutaxassislari tomonidan maslahat va tavsiyalar berilmoqda.
Ko‘rik davomida aniqlangan xastaliklar yuzasidan tibbiy muolaja yozilib, zarur hollarda statsionar va ambulator davolanish uchun yo‘llanma berilmoqda.