Olchintepa mahallasida dolzarb masalalar muhokama etilib, vazifalar belgilab olindi
Olchintepa mahallasida dolzarb masalalar muhokama etilib, vazifalar belgilab olindi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov Olchintepa mahallasida mahalla faollari va oqsoqollari bilan uchrashib, muhim masalalar yuzasidan muhokama olib bordi.
Uchrashuvda mahallani ishsiz hududga aylantirish, oqsoqollar bilan hamkorlikda mahallani rivojlantirish yo‘l xaritasi tuzish, qabristonlarni obodonlashtirish, yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, mahalladagi mavjud beshta qishloqlarda oqsoqollar va mahalla yettiligi hamkorligida obodonlashtirish ishlarini tashkil qilish masalalari muhokama etilib, kelgusi chora-tadbirlar, vazifalar belgilab olindi.