insurez
09-09-2025 12:23

Navro‘z mahallasidagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi


Navro‘z mahallasidagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov tegishli mas’ullar ishtirokida Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Navro‘z mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning obodonlashtirish holati yuzasidan o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida tuman rahbari xonadon egalari muloqotda bo‘lib, muammolari va takliflarini tingladi. Mazkur uylarning tashqi qismi, hovlisi ko‘zdan kechirilib, hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini olib borish, kamchiliklarni bartaraf etish, hududga yangi qiyofa kasb etish borasida mas’ullarga muhim topshiriqlar berilib, vazifalar belgilab olindi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

Teglar
- -