insurez
11-09-2025 12:43

Navro‘z mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilmoqda


Navro‘z mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilmoqda

Xabaringiz bor, kuni kecha Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Navro‘z mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning obodonlashtirish holati yuzasidan o‘rganish olib borib,  hududni obodonlashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar bergan edi. Berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, bugun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘p qavatli uylar joylashgan hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Tadbir davomida uylar atrofi tartibga keltirilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Hududda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

Teglar
- -