Navbatdagi seminar Uzunqishloq mahallasida tashkil etildi
Navbatdagi seminar Uzunqishloq mahallasida tashkil etildi
Bugun Uzunqishloq mahallasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari E.Ashurov rahbarligida hokim yordamchilari, mahalla faollari tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyadagi fuqarolar bilan ishlash va Sayxunobod tajribasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalar xususida seminar bo‘lib o‘tdi. Uzunqishloq mahallasi yettiligi, oqsoqollari ishtirok etgan mazkur seminar davomida vazifalar yuzasidan mahalla faollariga muhim tavsiyalar berilib, mahallada amalga oshirilgan ishlar xonadonlar misolida o‘rganildi.