insurez
23-04-2025 12:19

Navbatdagi seminar Kumushkent mahallasida o‘tkazildi


Navbatdagi seminar Kumushkent mahallasida o‘tkazildi

Bugun Kumushkent mahallasida «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi bo‘yicha kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining professor-o‘qituvchilari ishtirokida seminar trening o‘tkazildi. Seminarda universitetning Amaliy psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Abira Baxramova, kafedra dotsenti Sitora Ummatova hamda Oqdaryo tuman hokimining o‘rinbosari Yulduz O‘roqovalar tomonidan ma’ruzalar qilinib, fuqarolarga muhim tavsiyalar berildi.
Ushbu seminar davomida "Oila muqaddas dargoh" mavzusida ham so‘z yuritilib, oilalarda psixologik madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy muammolarga duch kelgan fuqarolar, ayniqsa, xotin-qizlarning ruhiy holatini yaxshilash va ularning jamiyatda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash borasida zaruriy tavsiyalar berildi

Teglar
- -