NAVBATDAGI SAYYOR QABUL YANGIOBOD MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL YANGIOBOD MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
Bugun navbatdagi sayyor qabulda Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov, Xalq qabulxonasi mudiri Temur Murtazayevlar 1-sektor hududidagi Yangiobod mahallasida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishdi. Unda idora-tashkilot rahbarlari va mahallada yashovchi fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabulda elektr ta’minoti, tibbiy yordam, moddiy yordam singari masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.