insurez
19-11-2024 17:44

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL TEMIRAK MAHALLASIDA O‘TKAZILDI


NAVBATDAGI SAYYOR QABUL TEMIRAK MAHALLASIDA O‘TKAZILDI


Bugun tumanimizda inson manfaatlari har narsadan ulug‘ degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Joylarda tuman hokimi tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullar anashular jumlasidandir.
Bugun 4-sektor hududidagi Temirak mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov Xalq qabulxonasi mudiri va tegishli mas’ullar ishtirokida fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy yordam, tabiiy gaz ballon va elektr ta’minoti kabi masalalar bo‘yicha  qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga  topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qabuldan so‘ng tuman hokimi fuqarolarning murojaati yuzasidan joyiga borib o‘rganib, masalani ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi

 

Teglar
- -