Navbatdagi loyihalar yarmarkasi o‘tkazildi
Navbatdagi loyihalar yarmarkasi o‘tkazildi
Bugun tumanimizdagi 14-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zsanoatqurilishbank ATB Samarqand viloyat filiali mas’ul xodimlari, tumandagi tijorat bank xodimlari hamda tadbirkorlik subektlari rahbarlari ishtirokida istiqbolli yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, sifatli va xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish borasida navbatdagi loyihalar yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur yarmarkada yangi loyihalar asosida tashkil etilgan korxonalar o‘z mahsulotlari namunalari va bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
Mazkur yarmarkadan ko‘zlangan maqsad, banklar tomonidan tadbirkorlarga istiqbolli loyihalar uchun kreditlarni taklif etish hamda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan loyihalardagi yaratilgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishsiz fuqarolarni jalb etishdir.