Murojaatlar joyiga borib o‘rganildi
Murojaatlar joyiga borib o‘rganildi
Mahallalarda aholi bilan muloqotni tashkil etish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qilish, hududlarni obodonlashtirish va infrastrukturasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, bugun Respublika ishchi guruhi vakili Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mas’ul xodimi Ma’mur Rajabov Oqdaryo tumani hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli mas’ullar ishtirokida tumanning Istiqlol mahallasi fuqarolari mahallaning Pastdarg‘om tumani bilan bog‘lovchi yo‘lni asfaltlashtirish bo‘yicha murojaatlari, shuningdek, Yangiqo‘rg‘on mahallasi Boybo‘ta qishlog‘i fuqarolarining daryo qirg‘og‘i bo‘ylab damba o‘rnatish masalasidagi murojaatlari joyiga borib o‘rganilib, fuqarolarga tushuntirishlar berildi.