RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Oqdaryo tumani Po‘latdarxon mahallasi hududidagi qurilishi tugallanmagan bino atrofiga aholi tomonidan maishiy chiqindilar tashlanayotgani holati yoritildi. Mazkur holat tuman hokimligi tomonidan e’tiborga olinib, muammoni tezkor bartraf etish borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi. Bugunning o‘zidayoq “Toza hudud” DUK Oqdaryo tuman filiali xodimlari tomonidan mazkur hududdagi maishiy chiqindilar olinib, muammo bartraf etildi.
Hurmatli fuqarolar!
Belgilanmagan joylarga o‘zboshimchalik bilan chiqindilarni tashlamang.
Atrof-muhit tozaligiga barchamiz birdek mas’ulligimizni unutmang!