Mineral o‘g‘itlarning sifati va xususiyatlari yuzasidan fermerlar fikri o‘rganildi
Mineral o‘g‘itlarning sifati va xususiyatlari yuzasidan fermerlar fikri o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-7-sonli Farmonining 14-bandiga asosan «O‘zkimyosanoat» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘itlarning sifati va xususiyatlari yuzasidan fermerlar fikrini o‘rganish bo‘yicha Oqdaryo tuman hokimligi bilan hamkorlikda tuman buxgalteriya markazi xodimlari hamda fermer va usta dehqonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilidi.
Tumandagi bog‘-tok qator oralariga sabzavotlar ekilishi o‘rganilib, gilos bog‘ maydonlarining bugungi agrotexnik tadbirlari bo‘yicha tushunchalar berildi.