insurez
02-07-2024 16:30

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TALAB DARAJASIDAMI?


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TALAB DARAJASIDAMI?

Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish borasida muhtaram Prezidentimiz boshchiligida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada tumanimizda ham keyingi paytlarda qilinayotgan tadbirlar e’tirofga loyiqdir. Ayniqsa tashkilot va muassasalarda, bilim maskanlarida ma’naviyat burchaklarining tashkil etilishi ayni muddao bo‘ldi. 
Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Diyora Yusupova Press-tur davomida “Oqdaryo ovozi” gazetasi jurnalistlari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi. Press-tur qatnashchilari bilan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida bo‘lib o‘tgan suhbat ham uning qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi. Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan mazkur tadbirda ma’naviyat va ma’rifat markazining kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalari haqida ham axborot berildi.

 

Teglar
- -