Maktabgacha va maktab ta’limi mas’ullariga muhim topshiriqlar berildi Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov, tegishli tashkilot rahbarlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi muassasalar rahbarlari ishtirokida ta’lim tizimi bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan muhok
Maktabgacha va maktab ta’limi mas’ullariga muhim topshiriqlar berildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov, tegishli tashkilot rahbarlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi muassasalar rahbarlari ishtirokida ta’lim tizimi bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Uchrashuvda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga yangi tayinlangan rahbar Jamilov Elyor Farxodovich ishtirokchilarga tanishtirildi. Muhokama davomida MMTB tomonidan 2025-yil ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot o‘tkazish, ta’lim muassasalarida ruxsatsiz turli (sirk) tomoshalarini tashkil etmaslik, ta’lim muassasalari hududini obodonlashtirish, gulxonalar tashkil etish, o‘qituvchilar toifasi bo‘yicha hamda eng yaxshi maktab, eng yaxshi sinf, eng yaxshi o‘qituvchi nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish va rag‘batlantirish kabi masalalar yuzasidan mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.