insurez
17-04-2025 10:38

Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi


Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yo‘ldoshev, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida tumanda mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kamchiliklar atroflicha muhokama etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Samarqand viloyati Oqdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Davronov Xalimjon Salimovich jamoaga tanishtirildi. 

X.Davronov 1983-yilda Oqdaryo tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Tayinlovga qadar Oqdaryo tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida kadrlar bo‘yicha inspektor-metodist vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 
 

Teglar
- -